“Arsenal” va Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi Mesut Ozil o‘zining bir yil avvalgi xayrli ishini yana qaytardi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
O‘tgan yilning yozida Ozil 23 nafar kasal bolaning operatsiyasi uchun pul to‘lagan va buning uchun Laureus mukofotiga loyiq deb topilgan edi.
Endilikda u Koroata shahrida 24-oktabrdan 7-noyabrgacha o‘tkaziladigan 11 ta operatsiya uchun to‘lovni amalga oshirdi.
Izoh (0)