Davlat rahbarlarining ish kabinetlari qanday ko‘rinadi? (foto)
Turli davlatlarning rahbarlari ishlaydigan kabinetlar qanday ko‘rinishi ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lsa kerak. “Fishki.net” 10 ta shunday kabinetning fotojamlanmasini taqdim etdi.
1. Rossiya
Foto: fishki.netVladimir Putinning ish kabineti unchalik katta emas, biroq ish uchun maksimal darajada moslashtirilgan.
2. AQSh
Foto: fishki.netObama AQSh prezidentlarining asosiy ish joyi — oval kabinetdan foydalanadi. Telemurojaatlar va boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar aynan shu yerda bo‘lib o‘tadi. Xonaning uchta derazasi va to‘rtta eshigi bor.
3. Ukraina
Foto: fishki.netPyotr Poroshenko umumiy maydoni 128,8 kvadrat metr bo‘lgan uchta xonadan foydalanadi: kabinet, qabulxona va uchrashuvlar xonasi
4. Germaniya
Foto: fishki.netKansler Angela Merkelning kabineti o‘ta sodda ko‘rinadi: oddiy stol ustida telefonlar, monitor, chiroq va globus bor xolos.
5. Nigeriya
Foto: fishki.netPrezident Muhammadu Buxoriy inauguratsiyadan keyin o‘zining uyidagi kabinetidan ishlamoqda.
6. Eron
Foto: fishki.netMuhammad Ruhoniyning kabineti ham juda oddiy: stol ustida faqat kompyuter va yozishga doir buyumlar bor.
7. Argentina
Foto: fishki.netPrezident Kristina Kirshnerning kabinetdan o‘rin olgan stol ustida ko‘plab kitoblar va ma’lumotnomalar mavjud.
8. Turkmaniston
Foto: fishki.netGurbanguli Berdimuhammedovning kabinetidagi ish stolida uchta noutbukni ko‘rish mumkin.
9. Gretsiya
Foto: fishki.netBosh vazir Aleksis Siprasning kabinetida turli qog‘ozlar bilan to‘lgan ish stoli va katta kutubxonani ko‘rish mumkin.
10. Vyetnam
Foto: fishki.net
Prezident Chiong Tang Shang eng oddiy ofislardan biriga ega. U kabinetida yo juda kam bo‘ladi, yo umuman chalg‘ishni istamaydi.
Izoh (0)