AQShning Michigan shtatida sudya 9 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan ikki nafar bola va bir nafar qizni o‘z otasi bilan gaplashishni istamagani uchun Detroyt shimoli-g‘arbida joylashgan Pontiak axloq tuzatish markaziga yubordi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Qayd etilishicha, ota-onasi ajrashgach, sud bolalarni onasi bilan qoldirgan, biroq ularga otasi bilan uchrashib turish, u bilan birga tushlik qilish va umuman iliq munosabatlarni saqlash majburiyatini yuklagan. Ammo ular otasi bilan gaplashishni istamagan.
Ayol sudya bolalarning bu qarorini sudni haqoratlash deb hisoblagan. U bolalardan birining ota onasi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishi to‘g‘risidagi gapini inobatga olmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning otasi – yaxshi odam, ularning miyasiga onasi u yomon degan fikrni quygan. Onaga bolalar bilan uchrashish vaqtincha taqiqlangan, otaga esa ruxsat etilgan.
Izoh (0)