Yangi Zelandiyada 13-iyul kunidan kiberbulling (tarmoqdagi masxaralash) va onlayn-trollingni qattiq jinoyat deb hisoblovchi qonun kuchga kiradi. Bu haqda Business Insider Australia xabar beradi.
Qonunga asosan internet tarmog‘ida boshqa kishiga nisbatan tahdidli, qo‘rqituvchi yoki kamsituvchi so‘zlardan foydalanganlik uchun jarima solinishi yoki qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Shuningdek ig‘vogarlik qilish, masxaralash va tahqirlash bilan shug‘ullanadigan foydalanuvchilar ham jazolanadi.
Qonunni buzgan jismoniy shaxslarga nisbatan 33,5 ming dollar va yuridik shaxslarga nisbatan 134 ming dollar jarima jazosi qo‘llanadi. Alohida hollarda esa ikki yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi.
Izoh (0)