Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida ShHT Banklararo birlashmasi kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Uchrashuv chog‘ida Xalqaro loyihaoldi moliyalashtirish markazini tuzish imkoniyatlari, ShHT hududidagi va Osiyo mintaqasidagi yangi moliyaviy institutlar, jumladan Ipak yo‘li jamg‘armasi bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi kabi masalalar muhokama qilindi. Banklar rahbarlari ShHT Banklararo birlashmasining 10 yilligi munosabati bilan qo‘shma bayonot imzoladi.
ShHT Banklararo birlashmasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi Saidahmad Rahimov saylandi. U 2015-yil 26-oktabrdan boshlab ushbu lavozimga kirishadi.
Izoh (0)