Braziliya terma jamoasining sobiq yulduz futbolchisi Roberto Karlos Hindistonning “Deli Dinamos” klubida o‘ynovchi murabbiy bo‘ladi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Bu ma’lumotni klub Twitter’dagi rasmiy sahifasi ham tasdiqladi.
Avvalroq 42 yoshli Karlosning faqat jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajarishi aytilgandi. Lekin Roberto o‘ylab ko‘rib, fikrini biroz o‘zgartirdi.
O‘tgan yili “Deli Dinamos”da gollandiyalik Xarm van Veldxoven bosh murabbiy bo‘lgandi. Klub Hindiston chempionatida 5-o‘rinni egallagan edi.
Izoh (0)