O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Ufa shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
9-iyul kuni Ufa shahrida ShHT va BRIKS davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining asosiy voqealari 10-iyulda bo‘lib o‘tadi. Sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)