• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nestlé® Sutim suti. Tushunarsiz so‘zlar ortida nimalar yashirin?

    Pasterizatsiya sterilizatsiyadan nimasi bilan farq qiladi? O‘z navbatida, bu ikki tushunchaning ultra yuqori haroratda ishlov berish va gomogenizatsiyadan farqi nimada? Oddiy iste’molchi dabdurustdan bu savollarga javob berishi qiyin. Chunki bu notanish so‘zlar, barcha noma’lum narsalar kabi kishini xavotirga solishi tayin. Ayniqsa, “bilag‘on” odamlarning “Hozirgi sutlarning mazasi yo‘q...”, degan xo‘rsinishlaridan keyin... Keling, bolaligimizdan har birimizga tanish bo‘lgan ushbu mahsulotni tayyorlashdagi “...zatsiyalar” va ishlov berishlar ortida nimalar turganiga aniqlik kiritaylik.

    Avvalo, sutni sterilizatsiya qilish jarayoniga to‘xtalamiz. Nestlé Uzbekistan zavodida bu jarayon qo‘llanilmaydi. Sterilizatsiya, bu — sutga 100 daraja haroratda, yigirma daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ishlov berish jarayoni bo‘lib, bunda sutdagi barcha bakteriyalar — ham zararlisi, ham foydalisi nobud bo‘ladi. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, sutdan faqat uni eslatuvchi oq rangli suyuqlikgina qoladi. Uni achitib bo‘lmaydi, biologik qiymati ham yo‘q, faqat och qolmaslik uchun yaroqli, xolos.

    Pasterizatsiya esa boshqa gap. Buni kimyogar Lui Paster o‘ylab topgan. Pasterizatsiya ham infeksiyalarni zararsizlantirish, ham bir paytning o‘zida sutning barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolish bo‘yicha ajoyib yechim bo‘lib chiqdi.

    Nestlé Uzbekistan zavodida sut dastavval pasterizatsiya jarayonidan o‘tadi, ya’ni qaynash nuqtasida — Selsiy bo‘yicha +95 daraja atrofida 20 soniya davomida qizdiriladi. Bunda issiqlikka chidamli sut kislotasini hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari, kasallik tug‘diruvchi barcha organizmlar va sporalar nobud bo‘ladi. Kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarning sporalari nima? Bu hadeganda nobud bo‘lavermaydigan sutda yashovchi organizmlardir. Ular mustahkam kapsulalarda yashaydi, shu bois qaynash jarayonida o‘lmaydi. Bunday sutni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, ertami, kechmi sporalar to‘laqonli bakteriyalarga aylanadi va o‘zi haqida “eslatib” qo‘yadi. Odatda, ular eng chidamli, eng xavfli bakteriyalardir. Bunday sutni qancha kam saqlasangiz, shuncha yaxshi. Buning ustiga uni faqat past haroratda saqlash zarur. Zavod sharoitlarida sut pasterizatsiya qilinishidan oldin u maxsus filtrlar orqali bir necha tozalash bosqichlaridan o‘tadi. Filtrlarda kir zarralarining kattagina qatlami qoladi. Keyin sut separatsiya qilish va normallashtirish jarayoniga yuboriladi.

    Foto: Nestlé

    Foto: Nestlé

    Sutni separatsiya qilish va normallashtirish jarayoni.

    Sutga turli yog‘lilik darajasini berishdan avval Nestlé Uzbekistan zavodida u separatsiyalanadi, ya’ni qaymoq va yog‘sizlantirilgan sutga ajratiladi. Keyin sut yog‘i bo‘yicha normallashtiriladi. Natijada, xaridorlarga manzur turli yog‘lilik darajasidagi sut hosil bo‘ladi: 1%, 2%, 3,2%, 6%. Normallashtirish jarayonidan keyin sutga ultra yuqori haroratda ishlov beriladi.

    Ilgarilari ultra yuqori haroratda ishlov berish o‘ylab topilguniga qadar, pasterizatsiya bir necha marta o‘tkazilgan. So‘ng sut sovutilib, bakteriyalarning kapsulalardan o‘sib chiqishi kutilgan va yana pasterizatsiya qilingan. Hozir bunga hojat yo‘q, chunki sutni to‘liq zararsizlantirish va bir paytning o‘zida vitaminlar, oqsillar hamda minerallarning katta qismini saqlab qolish kabi ajoyib usul paydo bo‘ldi. Aslida, bu oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish jabhasidagi innovatsion burilish edi. Shuni aytish joizki, faqat yuqori sifatli sutgina ultrapasterizatsiya jarayonidan o‘ta oladi va shuning o‘zi mahsulot sifatining kafolatidir.

    Dastavval sut 5 soniya davomida Selsiy bo‘yicha +137 dan 141 gacha bo‘lgan daraja oralig‘ida qizdiriladi. Ushbu harorat zararli mikrofloradan xalos bo‘lish uchun kifoya, ammo vitaminlar va minerallarning katta qismini yo‘q qilish uchun yetarli emas. Keyin sut tezda sovutiladi. Bu maxsus harorat trubkalarida amalga oshiriladi. Sutga bunday avaylab ishlov berish natijasida undagi foydali moddalarning maksimal qismi, eng asosiysi, suyak uchun zarur bo‘lgan tabiiy kalsiy moddasi saqlanib qoladi. Ishlov berilgan sutni uzoq vaqt saqlash mumkin, u juda yaxshi achiydi va quyuqlashtiruvchi moddalar hamda konservantlarni talab etmaydi.

    Sutga ishlov berishning yakuniy bosqichi — gomogenlashtirish. Juda “bema’ni” so‘z. Uning sharofati bilan shaharda ko‘plab uydirmalar va afsonalar paydo bo‘lgan. Aslida, gomogenlashtirish, bu — bor-yo‘g‘i sutni qatlamlarga ajratmasdan, bir jinsliligini saqlash usulidir. Agar oddiy sut sovutgichda saqlansa, tez orada uning yuzasida yog‘ hosil bo‘ladi. Uni suzib olish va bu bilan sutni yog‘sizlantirish mumkin, shu bilan birga uni sutga yaxshilab aralashtirib yuborish ham mumkin.

    Sutdagi yog‘ sharchalari gomogenlovchi uskuna yordamida maydaroq zarralarga parchalanadi va butun sut hajmi bo‘ylab bir me’yorda taqsimlanadi. Albatta, vaqt o‘tishi bilan, ya’ni to‘rt-besh oy saqlanganidan keyin yog‘ yana sut yuzasiga to‘planadi, ammo uy sharoitida bu tariqa uzoq vaqt saqlanishini tasavvur qilish qiyin. Bir jinslilikni saqlash uchun ba’zi sut mahsulotlariga qo‘shiladigan sun’iy stabilizatorlardan farqli o‘laroq, ushbu mexanik usul salomatlik uchun mutlaqo xavfsiz hisoblanadi.

    Natijada biz kefir, qatiq hamda suzma tayyorlash mumkin bo‘lgan, bir jinsli, foydali, mutlaqo xavfsiz Nestlé® Sutim sutini ichamiz.

    Buni ko‘plab pazandalik kitoblarining muallifi, o‘zbekistonlik Liliya Nikolenko tajribasi ishonchli tarzda isbotladi. Tajriba Nestlé Uzbekistan (http://www.gurmania.uz/nestle/1421) kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Bu tajribani uy sharoitida ham o‘tkazish hamda sut o‘zining dastlabki foydali xususiyatlarini yo‘qotmaganligi va shu bilan birga xavfli bakteriyalardan xalos bo‘lganiga ishonch hosil qilish mumkin. Buning ustiga u xuddi hozirgina qishloqdan olib kelingandek mazali ekaniga amin bo‘lasiz.

    Sut haqida hamma faktlarni bilasizmi?

    Unda buni isbotlang va Nestlé® Sutim’ning sovg‘alariga ega bo‘ling. Tanlov haqida www.potrebiteli.uz saytidan batafsil bilib olishingiz mumkin!

    Blits-so‘rov 17-iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

    Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida

    09.07.2015, 09:57   Izoh (0)   43549
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islom Karimov ShHT sammitida ishtirok etadi

    08.07.2015, 21:54

    Makkadagi Masjidul Haramda o‘zbek imomi ish boshladi

    08.07.2015, 20:26

    O‘zbekistonda bir haftada 427 ta yong‘in yuz berdi

    08.07.2015, 20:00

    Yagona portalda malaka oshirish kurslariga talabnomalarni rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi

    08.07.2015, 17:10

    Kogon shahrida 64 xonadondan iborat “Kamolot” uylari foydalanishga topshirildi

    08.07.2015, 10:59

    Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi o‘z qarindoshining uyidan 800 ming so‘m o‘g‘irladi

    08.07.2015, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Keto, interval ochlik, intuitiv ovqatlanish: qaysi biri tezroq ozishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 15 may, 08:00

    Xonanda Madonna hayoti haqida serial suratga olinadi

    Kino | 15 may, 07:45

    Mavritaniyaning sobiq prezidenti 15 yilga qamaldi

    Dunyo | 15 may, 07:10

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.