Mozambikda 193,5 kilogramm karkidon shoxlari yoqib yuborildi. Bu tadbir karkidon shoxlari va fil suyagi savdosiga qarshi kurash kampaniyasi doirasida o‘tkazildi va bu boradagi yangi dunyo rekordi qayd etildi. Shuningdek, tadbir davomida 2,4 tonna fil suyagi ham yo‘q qilindi. Bu haqda tabiatni qo‘riqlash jamiyatiga (Wildlife Conservation Society) asoslanib, Reuters xabar bermoqda.
Oxirgi besh yil mobaynida Mozambikda fillar soni ikki barobar kamaygan — mamlakat 10 mingga yaqin jonivordan mahrum bo‘ldi. Qo‘shni Janubiy Afrika Respublikasida esa o‘tgan yili 2013-yilga nisbatan 20 foiz ko‘p — 1125 ta karkidon nobud bo‘lgan.
Keyingi uch oy mobaynida Kongo, Xitoy, BAA va AQShda ham fil suyagi zaxiralari ommaviy ravishda yo‘q qilindi.
Izoh (0)