Bollivudning ko‘plab filmlariga saundtreklar yozishda ishtirok etgan hindistonlik musiqachi Charanjit Singx 74 yoshida Mumbaydagi uyida vafot etdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Uning 1982-yilda chiqqan Synthesizing: Ten Ragas to a Disco Beat nomli albomi ko‘plab tanqidchilar tomonidan eysid-xaus uslubidagi ilk musiqiy yozuv deb tan olinadi va Singxni qaysidir ma’noda ushbu janr asoschisiga aylantiradi.
Gitara va sintezatorni mohirona chalgan sozanda Bollivud uchun musiqa bastalagan ko‘plab bastakorlar bilan hamkorlik qilgan va mashhur qo‘shiqlarning qayta ishlanib, elektron janrga moslashtirilgan versiyalaridan iborat bir necha albomlarning muallifi hisoblanadi.
Izoh (0)