Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Quyosh batareyasida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti 2015-yil 3-iyul kuni Grinvich vaqti bilan soat 16:05 da deyarli besh kunlik parvozdan keyin Gavayiga qo‘ndi. Bu haqda missiyaning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan.

Foto: AFP

Foto: AFP

Yaponiyaning Nagoya shahridan osmonga ko‘tarilgan samolyot Tinch okeani ustida 8 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi. Avvalroq, Solar Impulse 2 uchuvchisi 5,5 ming kilometrni 80 soatda bosib o‘tib, bir uchuvchi tomonidan boshqarilgan samolyotning parvozi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, samolyotning dunyo bo‘ylab sayohati 2015-yil 9-mart kuni Abu-Dabidan boshlangan edi. Uchuvchilar Andre Borshberg va Bertran Pikar o‘zaro almashib BAA, Ummon, Hindiston, Myanma, Xitoy va Yaponiya hududlarini bosib o‘tib, AQShga yetib keldi. Endi AQShning materik qismi, Kanada va Yevropa ustidan uchish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Erdo‘g‘on rasman Turkiya prezidenti etib qayta saylandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo‘rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)