Shu kunlarda London shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining saralash bahslari davom etmoqda. Unda o‘zbekistonlik Farruh Do‘stov ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazayotgandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Kecha, 24-iyun kuni O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi saralashning ikkinchi bosqichida Nikolas Basilashviliga qarshi kortga chiqdi. Do‘stov saralash bahslarida 26-raqam ostida tasniflangan bo‘lishiga qaramay, raqibiga ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Do‘stov ilk bosqichda britaniyalik Richard Blumfayldni 4:6, 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etgandi. Endi asosiy to‘r musobaqasida birgina Denis Istomin O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Avvalroq ayollar o‘rtasidagi saralash bahslarida Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova ham mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)