Pokiston janubidagi Sind provinsiyasida noodatiy jaziramadan halok bo‘lganlar soni 141 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” provinsiya sog‘liqni saqlash vaziriga tayanib.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 132 kishi Karachida, yana to‘qqiz kishi provinsiya ichida nobud bo‘lgan.
Karachida o‘tgan dam olish kunlari termometr ustuni Selsiy bo‘yicha 45 darajagacha ko‘tarildi. Mahalliy meteoxizmat xabariga bo‘yicha mamlakatning katta hududida jazirama 22-iyun, dushanba kuni ham davom etadi.
Izoh (0)