Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 12-iyun kuni “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini imzoladi, deb xabar bermoqda “Review.uz”.

Foto: tdpu.uz

Foto: tdpu.uz

Unga binoan, OTMlar rahbar va pedagoglari kamida uch yilda bir marta Toshkent oliygohlarida qayta tayyorlanishi belgilanib, buning uchun 15 ta tayanch oliy o‘quv yurti tanlab olindi.

Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent kimyo texnologiyalari instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti va Toshkent davlat yuridik unversiteti tayanch oliygohlari sifatida tanlangan.

Qayta tayyorlash kurslari qonunchilik, o‘z fani sohasida nazariy va amaliy yutuqlar, zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillar bo‘yicha olib boriladi. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlar tegishli shahodatnoma va lavozimlar uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda imtiyozlarga ega bo‘ladi. Qayta tayyorlash kurslari 288 soat (2 oy) davom etishi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi