Yaponiya futbol federatsiyasi prezidenti Dzyundzi Ogura OAVlarning tashkilot 2002-yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash uchun o‘tkazilgan saylovda ovoz olish uchun Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL)ga 1,5 million dollar pora berganligi haqidagi xabarlarini rad etdi, deb yozadi “TASS”.
“Buni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi. Qayerdan chiqdi bunaqa gaplar?” — dedi u.
Avvalroq AS nashri KONMEBOL sobiq xodimiga tayanib, 1,2 million dollar konfederatsiya rahbari Nikolas Leos, 200 ming dollar bosh kotib Eduardo de Luke va yana 100 ming dollar FIFA bilan aloqalar bo‘limiga javobgar Zoran Dannis hisobiga o‘tkazib berilgani haqida yozgan edi.
Izoh (0)