Irkutsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyot yo‘lovchining ruhiy xastaligi sababli Chelyabinskka shoshilinch qo‘ndi, deb xabar beradi “Gazeta.ru” “TASS” ma’lumotiga tayanib.
Samolyotda yo‘lovchilardan biri, 1988-yilda tug‘ilgan qizning ahvoli yomonlashdi. U samolyot saloni bo‘ylab yurib, boshqa yo‘lovchilarning ustidan suv quydi, qo‘shiq ayta boshladi.
Rejadan tashqari qo‘nishdan so‘ng qiz aeroport tibbiy punktiga yuborildi. Yo‘lovchi qizning mast emasligi aniqlangach, u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natildi.
Izoh (0)