18-iyun, payshanba kuni Portugaliya janubida niderlandiyalik turistlarni olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb xabar beradi “TASS” Associated Press agentligi ma’lumotiga tayanib.
Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, avariya natijasida uch kishi halok bo‘ldi, 30 nafar yo‘lovchi va avtobus haydovchisi jabrlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avtobus jarlikka qulab ketdi. Hukumat halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini boshladi.
Izoh (0)