Londonda British Airways aviakompaniyasining Yoxannesburgdan uchib kelgan samolyotidan ikki nafar erkak qulab tushdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Ulardan birining jasadi London janubi-g‘arbidagi Richmond tumanida joylashgan do‘kon tomidan topilgan, ikkinchisi tirik qolgan, biroq ahvoli og‘ir.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar versiyasi bo‘yicha, ikkala erkak ham samolyotga chiptasiz chiqqan va g‘ildiraklar bo‘limiga yashiringan.
Voqea 18-iyun tongida sodir bo‘lgan, biroq bu haqda endigina ma’lum qilingan.
Izoh (0)