Bogotada futbol ishqibozlari Kolumbiya terma jamoasining Amerika kubogi uchun bo‘lgan matchda braziliyaliklar ustidan erishgan g‘alabasini nishonlayotganda ikki nafar qiz yaralandi. Bu haqda “Newskaz.ru” R-Sport ma’lumotlariga tayanib xabar beradi.
17-iyun, chorshanba kuni Santyagoda bo‘lib o‘tgan C guruhidagi uchrashuv kolumbiyaliklar foydasiga 1:0 natija bilan yakunlandi. Jamoasining g‘alabasini nishonlayotgan muxlislardan ba’zilari havoga o‘q otdi.
O‘q balkonda bo‘lgan 9 va 15 yoshdagi qizlardan birining qorin qismiga, boshqasining esa orqasiga tegdi.
“Hozirda ularning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti”, — deydi Bogota politsiyasi boshlig‘i Umberto Guatibonsa.
Izoh (0)