19-iyun, juma kuni Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida joylashgan Pratapgarx shahri mehmonxonalaridan birida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 10 kishi qurbon bo‘ldi. 12 kishi turli darajadagi jarohat oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” mahalliy NDTV telekanali ma’lumotiga asoslanib.
Jabrlanganlar mahalliy kasalxonaga yetkazildi, besh kishi og‘ir ahvolda.
Hozirda politsiya xodimlari voqea joyini tekshirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Izoh (0)