Madonnaning Bitch I’m Madonna nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipda Beyonse, Kanye Uest, Niki Minaj, Mayli Sayrus, Rita Ora, Aleksandr Vang va Keti Perri kabi yulduzlar qatnashdi, deb xabar beradi “Nur.kz” “Spletnik.ru” ma’lumotlariga tayanib.
Internetda ko‘plab reklama videoroliklari paydo bo‘ldi. Avvalroq qo‘shiqchi yulduzli mehmonlar bilan kutilmagan sovg‘a tayyorlayotgani haqida aytgan edi. Ular nomlarining oshkor qilinishi qiziqishlarni yanada orttirdi.
Qo‘shiqchining Bitch I’m Madonna kompozitsiyasi uning 10-mart kuni taqdimoti bo‘lib o‘tgan Rebel Heart nomli yangi albomidan uchinchi qo‘shiqdir.
Izoh (0)