Shimoliy Xitoyning Tyanszin megapolisida 16-iyun tunida spa saloni binosi qulab ketdi, deb xabar beradi “TASS” Xinhua agentligi ma’lumotiga tayanib. 6 kishi halok bo‘ldi, yana shuncha kishi turli darajadagi shikastlanishlar bilan kasalxonaga yetkazildi.
Bino qulab ketganda salonning dam olish xonasida xodimlar va mijozlar bo‘lgan. 4 kishi voqea joyida, yana 2 nafari kasalxonada vafot etdi.
Hozirda politsiya hodisa sabablarini aniqlamoqda.
Izoh (0)