Buyuk Britaniya fuqarosi Evan Gordon xayriya uchun pul yig‘ish maqsadida “Forrest Gamp” filmi bosh qahramoni qiyofasida ketma-ket 42 kun 42 kilometrdan yugurdi, deya xabar bermoqda TJournal.
Gordon 4-may kuni Shotlandiya shimoli-sharqidagi Jon O’Groats qishlog‘ida start oldi va 14-iyun kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Lends-Endda marraga yetib keldi.
Poyga 2014-yilda 9 yoshida Kokkeyn sindromi deb ataladigan noyob kasallikdan vafot etgan Tomas Lori ismli bolakay xotirasiga bag‘ishlandi.
Gordon 9 ming funtga yaqin mablag‘ yig‘di, uni uchta xayriya tashkilotiga topshirdi.
“Odamlar buni haqiqatda kulgili deb o‘yladi, va ko‘pchilik ‘Yugur, Forrest, yugur!’ — deb baqirdi”, — dedi Gordon.
Izoh (0)