BMT Bosh Assambleyasining sentabrda ochiladigan yubiley sessiyasi “BMT 70 yoshda: harakatlarga yangicha sodiqlik” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 15-iyun, dushanba kuni BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi raisi etib saylangan Daniya parlamenti spikeri Mogens Lyukketoft ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Lyukketoft so‘zlariga ko‘ra, butunjahon tashkiloti Bosh Assambleyasining raisi sifatida, “hukumatlarning qashshoqlikka qarshi faol harakatlarini rag‘batlantirish”ni o‘zining bosh vazifasi deb biladi.
69 yoshli Lyukketoft 15-sentabrda ushbu lavozimda ugandalik Sem Kutesu o‘rnini egallaydi.
Izoh (0)