KXDR hukumati Janubiy Koreyadan Yaqin Sharq respirator simptomi koronavirusi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ikkala mamlakatning umumiy Keson sanoat hududiga kirishga cheklov qo‘yishni so‘radi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
KXDRning arzon ishchi kuchi ishlaydigan Janubiy Koreya fabrikalari joylashgan texnopark hududiga Yaqin Sharqdan kelgan yoki kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlarni qo‘ymaslik so‘ralgan maktub 10-iyun kuni yo‘llangan.
Koreya Respublikasi Milliy birlashuv vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, KXDR shuningdek MERS koronavirusi to‘g‘risida materiallar taqdim etilishini ham so‘ragan. O‘z navbatida Janubiy Koreya faqatgina u yerga kirib-chiqayotganlarning haroratini o‘lchashi va karantinga joylashtirishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)