NATOning 2016-yilgi sammiti Varshavada bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir vaqtida Polsha Bolqon mamlakatlarini ham alyansga qo‘shish taklifini o‘rtaga tashlamoqchi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Tomash Semonyak ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Biz kelasi yili, NATOning Varshavadagi sammiti vaqtida alyans o‘z tarkibiga yangi a’zolarni, ayniqsa, Bolqon mamlakatlarini, xususan, Makedoniyani va xalqaro maydonda juda faol bo‘lgan Serbiyani taklif qilishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz. NATO ko‘pdan beri yangi a’zolarni qabul qilgani yo‘q, ehtimol kelasi yili buning uddasidan chiqilar”, - dedi Semonyak.
NATOning kelasi sammiti 2016-yil 8-9-iyul kunlari Varshavada bo‘lib o‘tadi. Tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, sammitda harbiy-siyosiy blok a’zolari “alyans yo‘nalishi ittifoqchilarni har turli tomondan kirib kelishi mumkin tahdidlardan himoya qilishga tayyor turishga qaratilishiga” e’tibor berishadi.
Izoh (0)