Amerikalik reper Snoop Dogg Twitter mikrobloglar xizmati rahbari o‘rniga o‘z nomzodini tavsiya qildi. Bu haqda xonanda o‘z mikroblogida xabar qoldirgan.
Avvalroq Twitter’ning amaldagi bosh direktori Dik Kostolo 1-iyuldan o‘z lavozimini tark etishi, ayni vaqtda kompaniya direktorlar kengashidagi o‘rnini saqlab qolishi ma’lum bo‘lgandi.
Twitter bosh direktori vazifasini mazkur ijtimoiy tarmoq asoschilaridan biri Jek Dorsi vaqtincha bajarib turadi.
Dorsi 2008-yilga qadar Twitter’ga rahbarlik qilgan, rahbarlikdan ketganidan so‘ng Square internet-to‘lovlar servisini ishga tushirgandi.
Izoh (0)