Italiyaning dunyoga mashhur Dolce&Gabbana modalar uyi asoschilaridan biri Stefano Gabbana o‘zining Instagram’dagi sahifasiga toshkentlik qizchaning suratini joylashtirdi.
Suratda o‘ziga xos uslubda kiyingan va ko‘zoynak taqqan qizcha avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgani tasvirlangan. Gabbana suratni Toshkentdagi Wonderland bolalar kiyimlari do‘konining sahifasidan olgan va bu surat dizaynerning sahifasida 7000 dan ortiq “layk” yig‘gan.
Wonderland do‘konining Instagram’dagi sahifasida keltirilgan surat izohida yozilishicha, qizchaning ismi — Habiba.
Izoh (0)