Monocle Magazine nashri 2015-yilda yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi. Korrespondent.net’ning xabar berishicha, unda birinchi o‘rinni Yaponiya poytaxti Tokio egallagan.
Jurnal ekspertlarining qayd etishicha, Yaponiya poytaxti maydoni haddan tashqari katta bo‘lgani holda, aqlbovar qilmas darajada tinch va sokindir.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Vena, uchinchi o‘rinni esa Berlin egalladi. Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Melburn, Sidney, Stokgolm, Vankuver, Xelsinki va Myunxen kabi shaharlar joy olgan.
O‘tgan yilgi reyting yetakchisi – Daniya poytaxti Kopengagen 10-o‘rinni Shveysariyaning Syurix shahri bilan bo‘lishib turibdi.
Reytingni tuzish vaqtida turar joy sharoitlari, narx-navo, jinoyatchilik darajasi, sog‘liqni saqlash sifati va ishbilarmonlik muhiti kabi omillar hisobga olingan.
Izoh (0)