“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o‘zgartishlarga binoan, mamlakatda yodlanmagan osh tuzini ishlab chiqarish va sotish butunlay taqiqlandi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qonun avval ham respublikada ishlab chiqariladigan va sotiladigan tuzni yodlash majburiyligini ko‘zda tutar edi, biroq yodlangan tuz iste’moli yoqmasligiga tibbiy yoki boshqa ko‘rsatma bo‘lgan kishilar uchun yodlanmagan tuz ruxsat etilgan edi.
Ma’lum qilinishicha, qonun qabul qilinganidan keyin sakkiz yil ichida O‘zbekistonda bunday qarshi ko‘rsatmaga ega biror kishi qayd etilmagan. Bundan tashqari, bu me’yor tuz ishlab chiqaruvchilarga cheklovlarga amal qilmaslik imkonini bergan. Shu tufayli qonunning ushbu jihatiga o‘zgartirish kiritilgan.
Izoh (0)