Meksikaning Michoakan shahrida joylashgan Yurekuaro shahri meri saylovida may oyida saylovoldi mitingi vaqtida o‘ldirilgan Enrike Ernandes g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Univision.
7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Ernandes uchun saylovchilarning 36,9 foizi ovoz bergan. Qayd etilishicha, mahalliy o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlaridan nomzod bo‘lgan va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga chaqirgan siyosatchi o‘ldirilganidan keyin yanada mashhurlashib ketgan.
Boshqaruvdagi Institutsion inqilobiy partiya va Yashil ekologik partiya ittifoqidan nomzod katta farq bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Ernandesning “Morena” harakati uning o‘rniga muqobil nomzodni ilgari surgani tufayli mer nomzodini aynan Ernandesning partiyadoshi egallagan.
Izoh (0)