Estoniya poytaxti Tallindagi teleminoradan osma yo‘l orqali tushish vaqtida finlandiyalik ikki sayyoh ayol yerga quladi. Kommersant.ru’ning xabar berishicha, ayollar kamida 15-20 metr balandlikdan tushib ketgan.
Teleminora mudiri Riyna Roozipuu sayyohlar nima sababdan tushib ketgan bo‘lishlari mumkinligi haqidagi savolga javob berolmayapti.
“Hozircha hech narsani aniqlab ulgurmadik. Biz jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatib, ularning do‘stlarini qo‘llab-quvvatladik xolos, hozircha bundan ortiq hech narsa deya olmayman”, - dedi u.
Izoh (0)