NATO Sharqiy Yevropada “Ittifoq qalqoni” (Allied Shield) harbiy mashg‘ulotlari seriyasini boshladi. “TASS”ning xabar berishicha, mazkur mashg‘ulotlarda NATOga a’zo 19 mamlakat va hamkor 3 mamlakatning 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.
“Ittifoq qalqoni” alohida-alohida to‘rtta harbiy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan. Bular - Baltops, Saber Strike, Noble Jump va Trident Joust.
6-iyun kuni Baltops harbiy-dengiz mashg‘ulotlarining asosiy qismi boshlandi va 20-iyunga qadar NATOga a’zo 14 mamlakat va alyansning uch hamkori – Finlandiya, Shvetsiya va Gruziyaning 5,6 ming harbiy xizmatchisi, 49 harbiy kemasi, bitta suvosti kema va 61 samolyoti mazkur mashqlarda qatnashadi. Mashg‘ulotlar AQSh rahbarligi ostida Boltiqbo‘yining uch mamlakati va Polshada o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, 8-19-iyun kunlari Boltiqbo‘yi va Polshada quruqlikdagi keng miqyosli mashg‘ulotlar – Saber Strike o‘tkaziladi, 10-21-iyun kunlari esa Polsha elit bo‘linmalarning Noble Jump o‘quv mashqlariga mezbonlik qiladi. 17-18-iyun kunlari esa Ruminiyada Trident Joust shtab mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Izoh (0)