Shimoliy Koreya rahbariyati “AQSH bilan bo‘lajak urush oldini olish” maqsadida o‘z yadroviy zaxirasini takomillashtirayotganini ma’lum qildi.
KXDR Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Pxenyan Koreya yarimorolini yadroviy quroldan holi hududga aylantirish niyatida, biroq AQSH bunga xalal bermoqda.
Shuningdek, KXDRning ma’lum qilishicha, “Pxenyan mudofaa maqsadlarida harbiy salohiyatini mustahkamlashga harakat qilayotganini AQSH umuman tanqid qilishga haqqi yo‘q”.
20-may kuni Shimoliy Koreya yadroviy jangovar zaryadlarning o‘lchamlarini kichraytirish imkonini beruvchi texnologiyalar ustida ishlayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)