Dunyo bo‘ylab millionlab odamlar kunni bir chashka tetiklashtiruvchi qahvadan boshlaydilar. Qahva donachasi sizning chashkangizda xushbo‘y ichimlikka aylanishidan oldin qanday uzoq yo‘lni bosib o‘tishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Biz sizga butun dunyoda ommabop bo‘lgan NESCAFÉ® eruvchan qahvasini ishlab chiqarishning bir nechta sirlari haqida so‘zlab berishga tayyormiz.
Xullas, hammasi odatiy ishlardan boshlanadi — qahva daraxtlari, jazirama tush paytidagi tabassumlar va qo‘shiqlar. To‘q qizil tusda yetilgan arabika va robusta qahva mevalari terimga tayyor.
Dunyoda qahvaning ikkita asosiy navi — arabika va robusta sanoat miqyosida qo‘llaniladi. Tarkibida kofein miqdori ko‘pligi tufayli robusta donlari qahva ichimligiga yanada o‘tkirroq va boyroq ta’m hamda xushbo‘y hid beradi. Arabika donlari esa, aksincha, tarkibida kofein miqdori kamligi va efir moylari ko‘pligi bois, yumshoqroq ta’m va xushbo‘y hidga ega.
O‘tmishdagi kabi hozir ham aksariyat mamlakatlarda qahva hosilini yig‘ish jarayoni hamon qo‘l mehnati orqali amalga oshiriladi. Qahva donlari yig‘ib bo‘linganidan so‘ng ularni tozalash lozim. Donlarni tozalashning ikkita usuli mavjud — nam va quruq. Ikkala usul ham tashqi po‘stlog‘idan ajratish va donlarni oftobda yakuniy yetilishini ko‘zda tutadi. Keyin tozalangan va quritilgan donlar saralanadi. Texnika taraqqiyoti va eruvchan qahvani ishlab chiqarish kompyuterlashtirilganiga qaramasdan qahva donlarini navlarga ajratish bosqichi ham ko‘p hollarda uni yig‘ib-terib olish kabi qo‘lda bajariladi. Faqat sezgir inson qo‘llarigina sifatsiz, ya’ni mog‘or bosgan, pishgan mevalarida qizg‘ish dog‘lari bo‘lgan, qora yoki nordon donlarni bir chetda qoldirib, eng sara qahva donlarini tanlab olishi mumkin. Saralab olingan qahva donlari o‘ramga o‘raladi va qahva plantatsiyalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fabrikaga jo‘natiladi. Qahvaning eng yirik eksportchilari Braziliya, Indoneziya, Kolumbiya, Peru, Vyetnam va “qahva mintaqasi”da joylashgan boshqa mamlakatlar hisoblanadi.
Fabrikaga kelib tushgan yashil qahva donlari ishlab chiqarishga yaroqliligi bo‘yicha majburiy tekshiruv bosqichidan o‘tkaziladi va faqat shundan so‘nggina keyingi bosqich — qovurish jarayoniga qo‘yiladi. Aynan qovurish jarayonida arabika va robusta navli donlari bizga tanish o‘ziga xos qahva rangi, ta’mi va hidiga ega bo‘ladi. Kezi kelganida, NESCAFÉ® ishlab chiqaruvchilari qahvani qovurishga juda katta ahamiyat berishini aytib o‘tish joiz. Hozir bu jarayon butkul kompyuterlashtirilgan bo‘lib, “nou-xau” hisoblanadi. Har bir qahva, xoh NESCAFÉ® Classic yoki NESCAFÉ® Gold bo‘lsin, turiga xos bo‘lgan ta’mni yaratish uchun qahva donlarini qovurishning o‘z rejimi tanlanadi. Qovurish usuli ham turlicha bo‘ladi – yengil, biroz seziladiganidan tortib, to italyancha, “dudlangan” darajasigacha. Har bir usul o‘z ishqibozlariga ega. Masalan, italyanlar achchiq, yaxshi qovurilgan, nordonroq ta’mi bo‘lgan qahvani ichadi. Bu ular uchun eng tabiiy ta’m hisoblanadi.
Biz yumshoqroq, xushta’m va xushbo‘y qahvani ma’qul ko‘ramiz. NESCAFÉ® Classic qahvasi — bu purkab quritish usuli yordamida ishlov berilgan, o‘rtacha darajada qovurilgan, boy ta’m va tetiklashtiruvchi xushbo‘y hid beruvchi oliy navli robusta donlaridir. Aynan robusta donlari tarkibidagi kofein ertalab uyg‘onishimizga va kun davomida tetik yurishimizga yordam beradi.
Qahva ekstraktini hosil qilish uchun Qovurilgan qahva donlari qahvani maydalovchi ulkan sanoat mashinalarida yirik zarrali kukunga maydalanadi va issiq suv bilan aralashtiriladi. Keyin hosil bo‘lgan qahva ekstraktidan suv qochiriladi hamda purkab quritish usuli yordamida, issiq havo ta’siri ostida, quritilgan qahva ekstrakti granulalarga aylantiriladi. Eruvchan qahvani ishlab chiqarishning ushbu texnologiyasi aglomeratsiya deb ataladi.
Eruvchan qahvani ishlab chiqarishning boshqa, yanada zamonaviyroq texnologiyasi, bu — sublimatsiya yoki muzlatib quritish. Bugungi kunda ushbu usul eruvchan qahva ishlab chiqarishning eng qimmat usullaridan biri hisoblanadi. Siz uni allaqachon bilib olgan va boshqa qahvalardan afzal ko‘ra boshlagan bo‘lsangiz ajab emas. Ushbu qahvadagi granulalar och jigar rang, kristallchalar shaklida bo‘lib bir zumda eriydi, xushbo‘y hid taratadi va sublimatsiyalangan qahva hisoblanadi. Aynan shu qahva zarralari sublimatsiyalangan qahva sanaladi. Shunday qilib, qahva hosilini yig‘ish, saralash, qovurish, maydalash, qahva donlarini qaynatish... keyin esa eng qizig‘i boshlanadi. Qaynatilgan qahva konsentrati juda past haroratda muzlatiladi va muzli qahva bloklari hosil qilinadi. So‘ngra issiq havo va vakuum yordamida ushbu bloklardagi suv qochiriladi va qahva mayda muz parchalariga bo‘linadi. Aynan shu bois sublimatsiyalangan qahvaning shakli maydalangan o‘tkir uchli muzga juda o‘xshaydi. Shu tariqa, vakuum hamda yuqori va past haroratlar kombinatsiyasining birgalikda qo‘llanishi tabiiy qahvaning nafaqat barcha foydali moddalarini, balki mahsulotning ta’m xususiyatlarini ham saqlab qolish imkonini beradi. NESCAFÉ® Gold qahvasi — sublimatsiyalangan qahva klassikasi hisoblanadi. Bu arabika va robusta donlarining muvaffaqiyatli aralashmasi, efir moylari hamda tabiiy qahvaning ta’mi va xushbo‘y hidini saqlovchi ideal qovurish natijasi hisoblanadi.
Har qanday texnologiya mohiyati ma’lum mahsulot sifatini ko‘zlaydi. NESCAFÉ® qahvasini ishlab chiqaruvchilari sifat borasida tejamkor emas, eruvchan qahvani ishlab chiqarish uchun faqat sifatli donlardan foydalanishadi. Hech qanday begona rang, hid va shirin ta’m beruvchi moddalar qo‘llanmaydi — faqat qahvaning o‘zi. Bu NESCAFÉ® savdo belgisining alohida iftixori. Eruvchan qahva “turka”da qaynatiladigan qahva kabi tabiiydir. Qahva donlarining sifati va xushbo‘y hidini saqlash uchun o‘ramning germetik bo‘lishi ham ahamiyatga ega. Zich burab yopiladigan qopqoqli shisha banka, yumshoq o‘ramdagi zich yopqich ushbu vazifani osongina hal qiladi.
Endi, har safar xushbo‘y eruvchan qahva bankasini ochar ekansiz, qahva donlari qanday qilib “qahva mintaqasi” mamlakatlarida issiq oftob nurlari ostida yetishtirilganini, qahva plantatsiyalarining ishchilari hosilni qay tarzda ehtiyotkorlik bilan yig‘ib saralashlarini, qahvaning haqiqiy ta’mi va xushbo‘y hidini saqlab qolish, hamda sizga haqiqiy lazzat onlarini in’om etish uchun fabrikada unga qay usulda ishlov berilganini qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar tasavvur qilishingiz mumkin.
Manbaga havola: https://www.nescafe.ru/production/coffee_bean_journey/#autoplay
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)