• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jahon tillari va madaniyati festivali tashkil etildi

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jahon tillari va madaniyati festivali tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA. Unda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari, turli xalqaro tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    Foto: Facebook / The Uzbek State World Languages University

    Foto: Facebook / The Uzbek State World Languages University

    Festivalga kelgan mehmonlarni talabalar O‘zbekistonning turli hududlariga oid urf-odatlar, G‘arb va Sharq xalqlarining asriy an’analari va turmush tarzini aks ettiruvchi taqdimotlar bilan kutib oldi.

    Universitet rektori Sh.Qayumov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga, ularning ongu qalbida sog‘lom turmush tarzi, millatlararo bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

    – Universitetimizda 6150 talaba tahsil olmoqda, – deydi universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ergash Boborajabov. – Prezidentimizning 2013-yil 23-maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ta’lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim asos bo‘lmoqda. Ta’lim muassasamizda ta’lim jarayonini xalqaro o‘qitish standartlariga moslashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish bilan birga, talabalarning davr bilan hamnafas yashashi, dunyo yoshlari bilan integratsiyalashishi, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishiga alohida e’tibor berilmoqda. Mazkur festival bu boradagi amaliy ishlardan biridir.

    Talabalar ishtirokida universitet bilan hamkorlik o‘rnatgan AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Hindiston va boshqa yigirmadan ortiq mamlakat xalqlarining tarixi, turmush tarzi, madaniyati va urf-odatlari haqida ma’lumot beruvchi badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar namoyish etildi.

    – Ushbu festivalda boshqa xalqlarning urf-odat va an’analari, madaniyatiga oid bilimlarimizni mustahkamlash bilan birga chet ellik mehmonlarga milliy qadriyatlarimizni, milliy kiyim va taomlarimizni namoyish etdik, – deydi talaba Farhod Sharipov. – Bu ularda katta taassurot qoldirdi. Doira chalib “Omon yor”ni kuylaganimda mehmonlar atrofimni o‘rab oldi, katta qiziqish bilan tingladi.

    – Festival tufayli O‘zbekiston haqidagi bilimlarim yanada ortdi, – deydi Italiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Rikkardo Manara. – Ayniqsa, talabalarning xorijiy tillarda ravon so‘zlayotgani, ajdodlardan qolgan boy merosingiz va urf-odatlaringizni yuksak mehr-muhabbat bilan namoyish etayotganini ko‘rib hayratlandim. Bu O‘zbekistonda yoshlar masalasiga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

    25.05.2015, 16:31   Izoh (0)   4801
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda elektron tijorat to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirdi

    25.05.2015, 15:51

    O‘zbekistonda ajrashish holatlarining 22 foizi o‘zaro muhabbat yo‘qligidan kelib chiqishi ma’lum bo‘ldi

    25.05.2015, 15:05

    Xotin-qizlar qo‘mitasida o‘tkazilgan videomuloqotda Qoraqalpog‘istondagi qiz o‘g‘irlash an’anasi qoralandi

    25.05.2015, 14:07

    Yo‘lto‘sar nukuslik shaxsning Nokia telefoni va 280 ming so‘m pulini olib qo‘ydi

    25.05.2015, 13:54

    Buxorolik ayolning uyidan 4400 AQSh dollari o‘g‘irlab ketildi

    25.05.2015, 12:35

    Air Astana faoliyatining 13 yilligini Toshkentda nishonladi

    25.05.2015, 10:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Alisher Usmonovni “Dilbar” yaxtasi egasi deb atash taqiqlandi

    Dunyo | 13 may, 11:55

    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

    Reklama | 13 may, 10:30

    O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 11:44

    Jahon kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar musobaqani g‘alaba bilan boshladi

    Sport | 13 may, 11:43

    “Brilliant qo‘l” filmi yulduzi Nina Grebeshkova vafot etdi

    Layfstayl | 13 may, 11:41

    O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 11:26

    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum

    Reklama | 13 may, 09:00

    Jonni Deppning sobiq rafiqasi Ember Hyord egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

    Kino | 13 may, 11:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.