Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati («Rosselxoznadzor») O‘zbekistonga Rossiya orqali olib kirishga urinilgan 126 tonna yog‘sizlantirilgan quruq sutni Ukrainaga qaytardi. Bu haqda Federal xizmatning Bryansk va Smolensk oblastlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Ma’lum bo‘lishicha, 19-may kuni “Bryansk-Lgovskiy” temiryo‘l o‘tkazish punktiga O‘zbekistonga olib ketilayotgan, “Vinnitsa “Roshen” sut zavodi” va “Jitomir yog‘ zavodi” tomonidan ishlab chiqarilgan, umumiy og‘irligi 126 tonna bo‘lgan yog‘sizlantirilgan quruq sutning ikki partiyasi kelib tushgan.

“Rosselxoznadzor” mutaxassislarining aniqlashicha, yuk tashuvchilar tomonidan taqdim etilgan veterinariya guvohnomalariga majburiy ma’lumotlar zarur darajada kiritilmagan va qonun bilan belgilangan talablar buzilgani holda to‘ldirilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘rnatilgan talablar ham buzilgani ma’lum bo‘lgan. Quruq sut jo‘natuvchiga qaytarilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kiyevdagi bombapanohlarning 44 foizi yopiq yoki yaroqsiz ekani ma’lum qilindi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi