Toshkentda avtomobilining yoqilg‘isi tugab qolgan ayolga Malibu haydovchisi beminnat yordam ko‘rsatdi
Toshkent shahrida yo‘lning o‘rtasida avtomobilining yoqlig‘isi tugab qolgani haqida Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar qoldirgan ayolga guruh a’zolaridan bir beminnat yordam ko‘rsatdi. Bu haqda ayolning o‘zi minnatdorchilik bildirib qolgan xabarida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Malibu haydovchisi ortiqcha savollarsiz ikki idishda benzin keltirib bergan va buning uchun pul olishdan bosh tortgan. Bu yoqilg‘i quyish shoxobchasigacha yetib olishga yordam bergan.
Xabarga yordam bergan haydovchining Malibu’si fotosurati ham ilova qilingan. Rasm ostiga izoh qoldirgan guruh foydalanuvchilar uni maqtovlar ostida qoldirib, boshqalarni ham undan o‘rnak olishga chaqirgan.