Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Prezident rahnamoligida inson manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibot, xususan, adliya tizimi moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarining samarali mehnat qilishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Zamonaviy va milliy arxitektura yechimlari asosida qad rostlagan binoda yosh oilalarning nikohini qayd etish marosimini tashkil etish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Xususan, oila qurish arafasidagi yoshlarga saboq berishga mo‘ljallangan “Oila dorilfununi”, “Yosh oila quruvchilar maktabi” xonasi, marosimlar zali, hujjatlarni saqlash va boshqa xonalar bugungi kun talablari asosida jihozlangan.
Shu kuni Komiljon Abdufattohov va Muqaddam To‘laboyeva ushbu yangi baxt uyida nikohdan o‘tdi.
Izoh (0)