Xonanda Sharof Muqimov armiyaga borganida sodir bo‘lgan voqeani yodga oldi, deb xabar beradi “7x7” gazetasi.
“Men ham barcha singari yigitlik burchimni o‘tagani harbiy xizmatga borganman, – dedi xonanda. – Xizmatga borgach, 2-3 kun rosmana qiynaldim. Erta turish, o‘z vaqtida mashg‘ulotlarga borish men uchun azob edi.
Bir kuni komandirga san’atkor ekanimni eslatib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Afsuski, bu ishim anchagina qimmatga tushdi. O‘sha kuni kechgacha oshpazlarga yordamlashishimga to‘g‘ri keldi.
Xizmat muddatim tugagach, hamisha qovoq uyib yuradigan komandirim oldimga kelib, ‘Qonun-qoida barchaga barobar, shu qatori san’atkorlarga ham, deb qo‘limni siqib qo‘ygan edi. Ochig‘i, bu voqeadan o‘zimga tegishli xulosa chiqardim. Yulduzlik kasalligiga qarshi emlandim, desak ham bo‘laveradi”.
Izoh (0)