Qozog‘istonning Olma-ota shahrida 29-aprel kuni Moskvada yurak xurujidan vafot etgan xonanda Batirxon Shukenov xotirasiga bag‘ishlangan devor paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
Qayd etilishicha, uning surati tushirilgan graffitini Olma-otaning Arbat tumanidagi Panfilov ko‘chasida joylashgan 101-uy devorida ko‘rish mumkin.
Mina Bakarasova boshchiligdagi erkin rassomlar suratni chizishni 30-aprel soat 20:00 da boshlab, tungi soat 1 da tugatgan. “A Studio” guruhuning asoschisi bir paytlar aynan shu binodagi uyda yashagani bu joyning tanlanishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)