Janubiy Afrika Respublikasida sud 30-aprel, payshanba kuni birinchi marta evtanaziya (tuzalib ketishiga umid bo‘lmagan bemorlarning hayotiga nuqta qo‘yish)ga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Da’vogarga shifokor ko‘magidan foydalanishga ruxsat etiladi, shifokor unga o‘lim keltiruvchi preparat beradi yoki o‘zi qabul qilishiga qo‘yib beradi”, — deya qaror chiqardi Pretoriya Yuqori sudi sudyasi. Bunda shifokorga hech qanday javobgarlik yuklanmaydi.
Evtanaziyaga ruxsat berishni so‘rab sudga 65 yoshli advokat Robin Stransham-Ford murojaat qildi, unda shifokorlar prostata saratonini aniqlagan.
Izoh (0)