Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi spirtli ichimliklar va narkotiklarni suiiste’mol qilish kasbga bog‘liqligini aniqladi, deya xabar bermoqda The Mirror. Muassasa mutaxassislari fikricha, eng ko‘p og‘ir jismoniy mehnat ishchilari — konchilar va quruvchilar ichkilikka ruju qo‘yadi.

Foto: foto.basov.com.ua

Foto: foto.basov.com.ua

2008—2012-yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda jamiyatshunoslar bir oyning besh yoki undan ortiq kuni davomida besh porsiya va undan ko‘proq spirtli ichimlik qabul qilganlarni tekshirgan. Bunda bir porsiya — bir stakan pivo, bir qadah vino yoki o‘tkir alkogolli ichimlik tarkibidagi 14 gramm toza spirt.

Eng ko‘p alkogoliklar og‘ir jismoniy mehnat ishchilari orasida aniqlandi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, konchilarning 17,5 foizi, quruvchilarning 16,5 foizi spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiladi. Uchinchi o‘rinni mehmonxona va restoran biznesi xodimlari egalladi, ular narkotiklar qabul qilish bo‘yicha esa birinchi o‘rinni egalladi.

Alkogolli ichimliklar ishqibozlari reytingida eng so‘nggi o‘rinlarni ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari band etdi — ularning 5 foizi spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi