Avvaliga farzandining san’atkor bo‘lishiga qarshi chiqqan Avalon kompaniyasining bosh direktori Dilorom Bo‘rixo‘jayeva uch qizi ichida eng mehriboni Munisa Rizayeva ekanligini qayd etdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar beradi.
“Qizlarim orasida eng mehriboni Munisa, – dedi Dilorom Bo‘rixo‘jayeva. – U har kuni nafaqat dadasi va mendan, balki barcha yaqinlaridan xabar olib turadi.
10 so‘m pul topsa, 15 so‘mini yaxshilikka sarflaydi. Nogironlar uylariga borib turadi. U yerda og‘ir kasallika chalingan qizchani yaxshi ko‘rib qolgandi. Undan hamisha xabar olib turardi, afsuski, qizcha olamdan o‘tdi. Munisa juda qattiq xafa bo‘ldi, bir necha kun o‘ziga kelolmadi.
Bir so‘z bilan aytganda, Munisa doim odamlar orasida”.
Izoh (0)