2015-yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Boribay Jeksembin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston – Qozog‘iston kun tartibining joriy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
BMT, MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Izoh (0)