Rossiyada va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonovaga “Rossiya Federatsiyasi Mehnat qahramoni” unvoni berildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin davlat va xalq oldidagi o‘ziga xos xizmatlari uchun Irina Viner-Usmonovani ushbu unvon bilan mukofotladi.
1948-yilda Samarqandda tug‘ilgan Irina Viner-Usmonova uzoq vaqt O‘zbekistonda faoliyat yuritgan bo‘lib, 1992-yildan buyon Moskvada yashaydi. U asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasidir.
Izoh (0)