Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yaqin vaqt ichida mamlakat hududida urush harakatlari avj olib ketishi mumkinligi xavfi borligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Hozirgacha ustimizda urush xavfi turibdi — bu haqiqat. Urush istalgan vaqtda boshlanib ketishi mumkin, biroq biz na shubhalanishga, na chekinishiga hech qanday imkon bo‘lmasligi uchun barcha ishni qilishga tayyormiz”, — dedi Poroshenko.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada chiqish qilgan Poroshenko to‘planganlarga qarata “Sizning yordamingiz, sizning birligingiz bilan Donbassdagi vaziyatga yechim topiladi”, — dedi.
Izoh (0)