2015-yil 19-aprel kuni noma’lum shaxs Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan fuqaroga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashirindi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Voqea joyiga yetib kelgan Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchining orientirovkasi tuzildi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi va “issiq izida” qo‘lga olindi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)