Futbol bo‘yicha Serbiya chempionati doirasidagi o‘yinlardan birida kelib chiqqan tartibsizlik chog‘ida 40 ga yaqin politsiyachi jabrlandi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Mushtlashuv “Srvena Zvezda” hamda “Partizan” jamoalarining muxlislari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari o‘rtasida kelib chiqqan.
Yakunda 20 kishi qo‘lga olingan. Avvalroq, aynan muxlislarning o‘zini tutishi sababli ushbu o‘yin boshlanishi ortga surilgani ham ma’lum qilingan.
Izoh (0)