“Traktorsozi” bilan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Artur Gevorkyan ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
“Tabrik uchun rahmat. Yutganimizdan xursandmiz. Ammo hali oldimizdagi vazifa bajarilmadi. Guruhdan chiqish uchun harakat qilamiz. Birinchi bo‘limda mezbonlar juda yaxshi o‘ynashdi va yaxshi imkoniyatlar ega bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda bizda imkoniyat bo‘lishini bilardik va yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalana oldik. Omad biz tomonda bo‘ldi”, — deb gap boshladi Berdiyev.
— “Nasaf” bugun har doimgidek kuchli ko‘rinmadi. Lekin yaratilgan 4 ta imkoniyatdan samarali foydalandi...
— Savolni tushundim. Yomon o‘ynasak ham ochko olsak shu eng muhimi. Haqiqatan ham tashabbus va imkoniyat mezbonlarda bo‘ldi. Lekin biz uch ochko oldik. OChLda eng muhimi shu. Birinchi vazifamiz guruhdan chiqish. Albatta o‘yinimizni yanada kuchaytirishga harakat qilamiz.
— Statistkaga qarasak, mezbonlar har tomonlama ustun bo‘lishdi. “Nasaf” g‘alabaga haqli erishdimi?
— Biz g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, hali keyingi bosqichga chiqmadik. Bugungi o‘yinda statistika mezbonlar foydasiga bo‘lsada, eng muhimi biz natijaga erisha oldik.
— Mehmondo‘stlik haqida nima deya olasiz? Bugungi ob-havo o‘yinga qanchalik ta’sir qildi?
— Tabrizga ikkinchi marta kelishim. Odamlar ham mehribon, futbol bilan yashashadi. Yutqazsa ham qo‘llab-quvvatlashadi. Bizni ham yaxshi kutib olishdi. Ob-havo kechagiga nisbatan bugun ozroq yaxshiroq edi. To‘g‘ri, bugun ham shamol esdi va qaysidir holatda bu ikki tomonga ham qiyinchilik tug‘dirdi.
Izoh (0)